“Energetiklar kuni” kasb bayrami to’g’risida

22 dekabr kuni  “Navoiy IES” AJ Faollar zalida stansiyaning mexnat jamoasi, pudratchi tashkilotlar, taklif etilgan  mexmonlar ishtirokida  “Energetiklar kuni” kasb bayrami o’tkazildi.

Bayram tadbirida so’zga chiqqan stansiya bosh direktori Q.G’aniev korxona jamoasini  ushbu kasb bayrami bilan samimiy chin yurakdan tabriklab, Mustaqil Respublikamiz istiqboli , Energetikaning sharafli va mashaqqatli mexnati yo’lida xormasliklarini tiladi. Stansiya jamoasi oldida turgan juda katta ulkan vazifalardan investitsiya dasturi doirasida 2 ta 450 Mvt li bug’ – gaz qurilmasi qurilishida stansiyaning axil mexnat jamoasiga tayanib boshlashga ishonch bildirdi. Stansiyaning eng katta boyligi o’z ishining ustasi bo’lgan mutaxasis ishchi – xodimlarimiz ekanini ta’kidlab o’tdi.

2015 yilning muxim voqealaridan stansiyaning ijtimoiy – siyosiy xayotida ro’y bergan voqealardan biri Muxtaram Prezidentimizning qarorlariga asosan Mustaqilligimizning 24 yilligi munosabati bilan elektr sexi boshlig’i Po’latov Murodullo Malikovich Davlatimizning yuksak mukofotlaridan biri “Shuxrat” medali bilan taqdirlanganligi butun stansiya jamoasiga bildirilgan yuksak ishonch namunasi ekanligini ta’kidladi.

Shundan so’ng stansiyaning uzluksiz, barqaror ishlashi yo’lida tinimsiz mehnatini ayamay ishlab kelayotgan ishchi xodimlarimizdan 16  nafar ishchi xodimga “Energetika faxriysi” ko’krak nishoni, O’zbekenergo AK ning 4 ta, stansiyaning 39 ta faxriy yorliqlari va 31 dona tashakkurnomalar hamda korxona Kasaba qo’mitasining 33 dona faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

So’ngra so’zga chiqqan “Shuxrat” medali soxibi Murodullo Po’latov tomonidan  yig’ilganlarni kasb bayrami hamda kirib kelayotgan 2016 “Sog’lom ona va bola” yili bilan tabriklab, unga berilgan oliy mukofotni butun stansiya jamosiga tegishli ekanligini ta’kidlab, kelgusida hammaga yuksak mukofotlar nasib etishini tiladi.

Stansiya bosh direktori Q.G’aniev yana bir bor bayram bilan  barcha kasbdoshlarimizni tabriklab, oilalariga mustaxkam sog’lik tilab kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi.

 Ma’naviyat va ma’rifat ishlari ma’sul xodim                                                    R.Axmedov

IMG_0909

IMG_0908

Комментарии закрыты