“Navoiy IES” AJ da “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan ma’naviy – ma’rifiy tadbir to’g’risida
Qatnashdilar:
1.S.To’ychieva — O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti proffessori
2.K.Raxmonov — O’zbek davlat drama teatri aktyori
3.U.Safarov — Viloyat ma’naviyat targ’ibot bo’limi raxbari
Q.Maxkamov — O’zbekiston matbuot va axborot agentligi xodimi
2015 yil 30 noyabr kuni «Navoiy IES» AJ boshqarmasi majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan ma’naviy – ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. .
Tadbirni «Navoiy IES» AJ da Xodimlar bo’limi boshlig’i I.Suvonov ochib berib, tadbir mavzusi va taklif etilgan mehmonlarni yig’ilganlarga tanishtirdi va ilk so’zni Viloyat ma’naviyat targ’ibot bo’limi raxbari U.Safarovga berdi. So’zga chiqqan notiq yig’ilganlarni yaqinlashib kelayotgan O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi bilan tabriklab, qonunchiligimizda belgilab qo’yilgan xuquq va burchlarimiz to’g’risida to’xtalib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining irqi, jinsi millati va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng ekanliklarini bosh qomusimizda o’z ifodasini topganini ta’kidladi. Shundan so’ng so’z olgan O’zbekiston matbuot va axborot agentligi xodimi Қaxramon Maxkamov yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari xaqida to’xtalib, yurtimiz tobora go’zallashib borayotganligi buning ifodasini yurtdoshlarimizning yuz ko’zlarida aks etayotganligini faxr va iftixor ila aytdi. Yig’ilganlarni shu mustaqil yurtimizda qonunlarimizga hurmat ruxida yashash har bir insonning oliy baxt saodati bo’lishi kerakligini uqtirib o’tdi.
So’ngra so’z olgan O’zbek davlat drama teatri aktyori Kamoliddin Raxmonov yig’ilganlarga bayram tabrigi sifatida jonli ijroda kuy va qo’shiqlar kuylab berib ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi. Shundan so’ng O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti proffessori Sanobar To’ychieva shu mustaqil yurtimizga bayramlar yarashishini go’zal yurtimizga hech qachon ko’z tegmasligini tiladi va o’z ijodidan namuna sifatida go’zal she’rlar tinglanishi Zalga quvnoq kayfiyat ulashdi.
U.Safarov navbatdagi chiqishida 26 noyabr kunida xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida muxtaram Prezidentimiz Islom Karimov so’zlagan nutqi xaqida to’xtalib o’tib sessiyadan yozib olingan video material asosida yig’ilganlarga atroflicha tushunchalar berib o’tdi va tushgan savollarga javob berdi.
Tadbir stantsiya Axborot xizmati tomonidan foto lavxalarga muxrlandi.
Tadbirda “NIES” AJ dan 189 nafar ishchi – xodim qatnashdi.
“Ma’naviyat va ma’rifat ” ishlari bo’yicha ma’sul xodim R.Axmedov