“NAVOIY IES” AJDA KORONAVIRUS INFEKSIYASI TARQALISHIGA QARSHI KO‘RILAYOTGAN CHORALAR

photo_2020-03-20_14-14-22
Ma’lumki, har qanday favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishidan qat’iy nazar, energetika ishlab chiqarish va uzatish korxonalarining barqaror ishlashi o‘ta muhimdir. Shu munosabat bilan “Navoiy IES” AJ ma’muriyati tomonidan ham Navoiy viloyati hokimligi tomonidan 2020 yil 27 fevral sanasi bilan tasdiqlangan Epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi yig‘ilishi Bayoniga asosan, koronavirus infeksiyasining tarqalishi oldini olish uchun bir qator profilaktik Chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Ushbu Chora-tadbirlar doirasida tarkibida xlor saqlovchi dezinfeksiya vositalari, bir martalik tana harorati yuqoriligini aniqlab beradigan 3 dona teplovizor qurilmasi va qisman tibbiy gigiyenik niqoblar, boshqa preparat va dori-darmonlar xarid qilindi, stansiyaning o‘z kuchi bilan qo‘shimcha 2000 dona niqoblar tayyorlanib, xodimlarga tarqatilmoqda. Ertalabki tig‘iz paytlarda harorati yuqori bo‘lgan xodimlarni barvaqt aniqlash maqsadida korxona hududiga kirib-chiqish punktlarida teplovizor bilan ta’minlangan tibbiy xodimlar navbatchiligi yo‘lga qo‘yildi. Korxona Salomatlik bo‘limi tibbiy xodimlari tomonidan sex-uchastkalarda xodimlarga ushbu kasallikning oldini olish, kasallik gumon qilingan taqdirda qayerga va qanday tartibda murojaat qilish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. Ishlab chiqarish binolari va xizmat xonalari, umumiy ovqatlanish nuqtalari eshik tutqichlari, zinapoyalar panjaralariga kun davomida ikki marta dezinfeksiya vositalari bilan ishlov berish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu kasallikning respublikamizga kirib kelganligi qayd qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti 18-va 19 mart kunlari o‘tkazgan yig‘ilishida berilgan ko‘rsatmalarga asosan xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Shu munosabat bilan ish joylariga targ‘ibot plakatlari ilib chiqildi, 4 dona dezinfeksiyalovchi eritmalarni sepish apparati ham xarid qilindi, oldinda turgan 3 kunlik bayram ta’tillari davomida barcha xizmat binolari va xonalar, tansport va mexanizmlarni to‘la zararsizlantirish chorasi belgilandi. Xodimlarga yana takror tushuntirish ishlari olib borilib, bayram ta’tillari kunlari o‘z uy-hovlilari, turar-joylariga ham dezinfeksiya vositalari bilan ishlov berish tavsiya etildi.
Axborot xizmati
 photo_2020-03-20_14-14-03

 

Комментарии закрыты