“Navoiy IES” AJ da Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati bilan uchrashuv, hamda MXX xodimlari ishtirokida “Diniy estremizm ” va terrorizmga qarshi kurash hamda “Ogoxlik davr talabi” mavzularida yig’ilish bo’lib o’tdi.
2015 yil 25 noyabr kuni «Navoiy IES» AJ boshqarmasi majlislar zalida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Kozim Tojiev bilan uchrashuv, hamda MXX xodimlari ishtirokida “Mamlakatimiz fuqarolari osoyishtaligiga xavf solayotgan ichki va tashqi omillar” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirni «Navoiy IES» AJ da Xodimlar bo’limi boshlig’i I.Suvonov ochib berib, tadbir mavzusi va taklif etilgan mehmonlarni yig’ilganlarga tanishtirdi va ilk so’zni “Milliy tiklanish” partiyasi a’zosi Yozbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Kozim Tojievga berdi. So’zga chiqqan deputat yig’ilganlarni yaqinlashib kelayotgan O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi bilan tabriklab, qonunchiligimizda amalga oshirilayotgan o’zgarish va yangiliklarini gapirib berdi. Notiq o’z so’zida yangi taxrir etilgan qonun loyixalari xaqida sanab o’tib, jumladan : “Sanitariya epidimologiya” to’g’risidagi qonun qabul qilinganligi bu esa o’z navbatida axolining sog’ligi va ekologiyaning yaxshilanishiga olib kelishi, sportga qaratilayotgan e’tibor, yurtdoshlarimizning sog’liklarini tiklashga berilgan yengilliklar,”Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” ka keng yo’l ochish masalasida aloxida qonun qabul qilinganligini aytib o’tdi. Shuningdek “Farmatsevtika” qonun loyixasi ishlab chiqilganligi, dori vositalari va tibbiy buyumlar sifati , narx – navolari huquqiy jixatdan tartibga solinganligini ta’kidlab o’tdi. Maxalliy ishlab chiqarishga maxsulotlarni eksport import qilish masalalari muxokamadan o’tganligi, “Elektron xukumat” to’g’risidagi qonun loyixasi ishlab chiqilib, amaldagi qonunlar ijrosini o’rganish bo’yicha nazorat – taxlil o’tkazilganini ta’kidladi. Notiq so’zi so’ngida xalqimizning xuquqiy madaniyati yuksalib , turmush farovonligi oshayotganligini aytib o’tdi. Deputat yig’ilganlarning savollariga javob berdi.
Shundan so’ng so’z olgan MXX xodimi Sh.Ergashev bugun mamlakatimiz va dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalar, global iqtisodiy va siyosiy jarayonlar haqida, shulardan kelib chiqib, davlatimiz va uning fuqarolari osoyishtaligiga ichki va tashqi xavflar aslo kamaymayotganligini aytib o’tdi. Bular – odam, qurol-yarog’ va narkotik moddalar savdosi, diniy ekstremizm va terorchilik, har xil yo’llar bilan ongimizni zaharlashga bo’layotgan milliy turmush tarzimizga yot, qo’poruvchilik va axloqsizlik xarakteridagi axborot xurujlari, shuningdek ana shu xavflardan jamiyatimizni asrash uchun har bir fuqaro bu xavflarni to’liq anglashi, o’zini va o’z atrofidagilarni bu balolardan saqlash uchun faol bo’lishga chaqirdi. Chetga norasmiy yo’l bilan chiqib ketgan fuqarolar davlatlar o’rtasidagi kelishuv va bitimlar himoyasida bo’lmasliklaridan tashqari, ularning ko’pchiligi chetda faoliyat ko’rsatayotgan diniy ekstremistik tashkilotlar va oqimlar girdobiga tushib, ularning qo’lida qurolga aylanib qolish holatlari, ayrimlari esa dunyoning ko’pgina joylaridagi siyosiy nobarqarorlik, urush harakatlari ishtirokchilariga aylanib qolayotganliklari ma’lumligini keltirib o’tdi. Notiq Iroq va Shom islom davlati deb atalayotgan “IShID” xaqida gapirib o’tib ular tomonidan uyushtirilayotgan qo’poruvchilik xarakatlari , amalga oshirgan xunrezliklari tasvirlangan slayd asosida yig’ilganlarga tushunchalar berib o’tdi.
Tadbirda “NIES” AJ dan 196 nafar ishchi – xodim qatnashdi.
“Ma’naviyat va ma’rifat ” ishlari bo’yicha ma’sul xodim R.Axmedov