“Navoiy IES” AJda Fuqaro muhofazasi bo`yicha maxsus-taktik o`quv mashg`uloti o`tkazildi.

2021 yilning 1 aprel kuni “Navoiy IES”AJda “Issiqlik elektr stansiyalarida favqulodda vaziyatlar sodir bo`lganda obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining haralatlari” mavzusida maxsus-taktik o`quv mashg`uloti o`tkazildi.

Maxsus-taktik o`quv mashg`ulotida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “Navoiy IES” AJ binolarida yong`in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo`limi, stansiya Xavfsizlik va tartibot bo`yicha direktori S.S.Norov, MMXT va IChNX katta inspektori S.Bobomurodov, FM muhandisi B.Norov va obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari guruhining 200 nafarga yaqin a’zolari ishtirok etdilar.

Maxsus-taktik o`quv mashg`ulotimiz yuqori saviyada tashlillashtirildi. Kelgusida FM tuzilmalarini zamonaviy asbob-anjomlar, yong`in xavfsizlik bo`limini avtomobillar bilan ta’minlash, FM tuzilmalarining harakatlarini takomillashtirish masalalari bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Tadbirda obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining favqulodda holatlarning oldini olishga tayyor ekanligi namoyon bo`ldi,-deya ta’kidladi stansiya Xavfsizlik va tartibot bo`yicha direktori S.S.Norov.



Javohir Hazratov,
“Navoiy IES” AJ Matbuot xizmati 

Comments are closed