Axborot xizmati sifatini oshirish maqsadida matbuot kotiblari tajriba almashdilar.

 Mamlakatimizda hukumat tomonidan keng kamoatchilikni ishonchli va shaffor axborot bilan muntazam xabardor qilish maqsadida qator qaror va farmonlar qabul qilinmoqda. Bunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyunda “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi PQ-4366-sonli Qarori muhim ahamiyatga ega bo`ldi.

 “IES” AJ tizimidagi markazlar va stansiyalarda matbuot kotiblari faoliyatini yo`lga qo`yish asosida ularning jamiyatdagi imijini oshirish, faoliyatini keng targ`ib etishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda, joriy yilning 5-6 aprel kunlari “Muborak IEM” AJ va “Navoiy IES” AJ matbuot kotiblari sohada yangiliklardan samarali foydalanish, qaror va farmonlar ijrosini ta’minlash orqali Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligiga erishish maqsadida tajriba almashdilar.

 Sohamiz bizdan nihoyatda mas’uliyat bilan yondashishimizni talab etadi, sababi har bir o`rinli so`z tashkilotimiz imijini ko`tarishi yoki aksincha bo`lishi mumkin. Zamonaviy kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish esa davr talabiga aylanmoqda. Umid qilamanki, bunday tajriba almashinishlarning tez-tez o`tkazilishi har birimiz muhim ahamiyat kasb etadi,- deya ta’kidladi “Muborak IEM” AJ Matbuot kotibi Dilafruz Farmonova.

Javohir Hazratov, 
“Navoiy IES”AJ Matbuot xizmati

Comments are closed