«NAVOIY ISSIQLIKY ELEKTR STANSIYASI» AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

Xurmatli aksiyador! “NAVOIY ISSIQLIKY ELEKTR STANSIYASI” aksiyadorlik jamiyati jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2017 yil 30 iyunda soat 11:00 da Navoiy viloyati, Karmana Tumani, “Yangi-Ariq” QFY manzili bo‘yicha “NAVOIY IES binosida o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2016 yil 23 iyun va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2016 yil 26 iyun.
KUN TARTIBI:
1. Ijro etuvchi organi rahbarining «Jamiyatning 2016 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha Biznes-rejasi asosiy ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risida»gi hisobotini ko‘rib chiqish.
2. Jamiyat Taftish komissiyasining 2016 yil moliya-xo‘jalikni tekshirish yakuni bo‘yicha hisoboti xulosasini tinglash.
3. Jamiyatning 2016 yil yakuni bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalarini (foyda va zarar) tasdiqlash.
4. 2016 yil moliyaviy-ho‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha olingan sof foydani taqsimlash va tasdiqlash.
5. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2016 yil yakuni bo‘yicha hisobotini tinglash.
6. Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
7. Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
8. Ijroiya organ raxbari (bosh direktor)ni xorijiy menejerlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov asosida saylash.
9. 2017 yil uchun Auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori belgilash.
Yig‘ilishda ishtirok etish xuquqiga ega aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi xujjat, jismoniy shaxs aksiyadorning vakili esa shaxsini tasdiqlovchi xujjat va notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, yuridik shaxs aksiyadorning vakili esa shaxsini tasdiqlovchi xujjat va yuridik shaxsni rahbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan materiallari bilan “NAVOIY IES ” aksiyadorlik jamiyatiga dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 16:00 gacha yozma murojaat etishlari lozim. Taqdim etilishi lozim bo‘lgan materiallar yozma murojaat kelib tushgan sanadan bir kunlik muddatda taqdim etiladi.

“NAVOIY IES” aksiyadorlik jamiyati joylashgan joyi (pochta manzili) va elektron pochta manzili:

Navoiy viloyati, Karmana Tumani, “Yangi-Ariq” QFY, info@nies.uz
Batafsil ma’lumot uchun aloqa telefoni: +99893-522-69-79.

 

 

“NAVOIY IES” Kuzatuv kengashi

Comments are closed