O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasining konsepsiyasi va mazmun mohiyatini muhokama qilish xususida “Navoiy IES” AJsida bo‘lib o‘tgan tadbir xususida .

Yig‘ilishnIMG_1457i stansiya bosh direktori K.X.Ganiyev ochib, yig‘ilish ishtirokchlari va taklif etilganlarga “Navoiy IES” AJning qurilishi, ekspluatatsiyaga topshirilishi, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, modernizatsiya qilishga doir axborotni berib, mamlakatamizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar haqida gapirib, bugungi tadbir ham mazkur islohotlarni uzviy davomi ekanligini, ushbu yig‘ilishning kun tartibida ko‘rilayotgan masala juda ham dolzarb ekanligini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Navoiy viloyati Hokimliklarning tashabbuslari bilan ko‘rib chiqilayotgan mazkur Qonun loyihasi yurtimizni iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan va xozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitlariga uncha ham javob bermay qolayotgan, 1993 yilda qabul qilingan, eski tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni o‘rniga qabul qilinishligini, xozirda barcha mehnat jamoalari, davlat tashkilotlari va korxonalarida keng muhokama qilinayotganligini bildirib, ushbu tadbir bizning korxonada ham o‘tkazilayotganligi, bu masalaga qanchalik katta ahamiyat berayotganligini, Qonun loyihasi O‘z.R. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan oldindan Stansiyaga yuborilib, mehnat jamoasida o‘rganib chiqilganligini, o‘rganish jarayonida fikr va takliflar kelib chiqishi tabiiy ekanligini bildirib o‘tdi.
Shundan so‘ng, so‘z mazkur Qonun loyihasini ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Sanoat qurilish va savdo masalari qo‘mitasi a’zosi Axad Amiriddinovich Axmedovga berildi.
So‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Sanoat qurilish va savdo masalari qo‘mitasi a’zosi Axad Amiriddinovich Axmedov, O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 6 may 1993 yildagi 840-XII-son qarori bilan amalga kiritilgan bo‘lib, hozirgi vaqtdagi bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga va amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning chuqurlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, davlatiy xususiy sherikchilikni mustahkamlash, mamlakatda mehnat qonunchiligi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirilishiga qaratilgan chora-tadbirlarga mos kelmay qolganligini, shu bilan birga, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Radiatsiya xavfsizligi”, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda), “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinganligi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirganligiin bildirib, Qonun loyihasi ishlab chiqilayotganida, mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi sohasidagi XMTning Konvensiya va tavsiyalari, 20 dan ziyod rivojlangan chet el davlatlarning shu jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Koreya, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqalar, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchiligi va me’yoriy hujjatlari o‘rganilganligini aytib o‘tdi.
So‘zga chiquvchi Qonun loyihasini moddalarini birma-bir tahlil qilib Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi:
mehnatni muhofaza qilishni respublika, tarmoq va hudud darajasida to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlashligini;
mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarishga ish beruvchi bilan birga xodimning ham mas’uliyatini oshirishligini;
mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat nazorat organlarining aralashuvisiz, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi tadbirlarni to‘g‘ri tashkil qilishda ish beruvchining qiziqishini oshirishligini;
kasb kasalliklarining va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olinishi va kamaytirilishi tashkilotning iqtisodiy holatini o‘sishiga sabab bo‘ladigan hamda xodimlarning shu jumladan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy himoyasining mustahkamlanishiga hissa qo‘shishligini aytib o‘tib, ushbu Qonun 2016 yilning 1 sentyabridan e’tiboran kuchga kirishi ko‘zda tutilayotganligini bildirib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan “Navoiy IES” AJ “Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizlik boshqarmasi” boshlig‘i X.O.Muminov, Navoiy viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi raisi N.N.Tog‘ayevalar muhokamaga chiqib, Navoiy viloyati xududidagi korxonalarda, shu jumladan, “Navoiy IES” AJda ham mehnatni muhofaza qilishga doir qilingan ishlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tib, haqiqatdan ham eski tahrirdagi Qonun zamon talablariga to‘liq javob bermayotganligini, yangi tahrirdagi Qonun loyihasi Navoiy viloyati xududidagi korxonalarning mehnat jamoalarida ommaviy ravishda o‘rganilayotganligini, yangi tahrirdagi Qonun eski Qonunga qaraganda mukammalroq tuzilganligini, ilgari bo‘lmagan ibora va tushunchalar paydo bo‘lganligini, Qonun ishchi-xodimlar va Ish beruvchilarni ham manfaatlariga mos kelishligi muhimligini bildirib o‘tishdi.
Navoiy viloyati Hokimligini gurux rahbari J.Xamroyev so‘zga chiqib, bugungi kundagi tadbir viloyatda birinchilardan bo‘lib, aynan “Navoiy IES” AJda o‘tkazilishi Hukumatimiz va Navoiy viloyati Hokimligi tomonidan energetika sohasiga berilayotgan katta ahamiyatdan dalolat berishligini, iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalari yetakchi o‘rinlarga ega ekanligini, ko‘rib chiqilayotgan Qonun loyihasi, qabul qilinganidan so‘ng ijobiy natijalarga erishilishi haqida to‘htalib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan, Dasturga muvofiq, munozaralar o‘tkazilib, yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan turli savollar berilib, mazkur savollarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati K.Babashov to‘liq ravishda javob berib o‘tdi.

“ Navoiy IES” AJ
MMXT va SX xizmati boshlig‘i X. O. MuminovIMG_1450

Comments are closed