"NAVOIY ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI" AKSIYADORLIK JAMIYATI

"NAVOIY ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI" AKSIYADORLIK JAMIYATI

O‘zbekiston o‘z energetik resurslari hisobidan ehtiyojlarini to‘liq ta’minlovchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarining salmoqli hissasi mamlakatimizga tegishlidir. O‘zbekiston energotizimining Samarqand-Buxoro hududiy bo‘limini elektr energiyasi bilan ta’minlashda “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati muhim ahamiyat kasb etadi.

"Navoiy issiqlik elektr stansiyasi" aksiyadorlik jamiyati sanoat korxonalari va ijtimoiy-madaniy ob’yektlarni issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan viloyatning asosiy manbai hisoblanadi. Respublika energetika tizimining eng yirik issiqlik elektr stansiyalaridan biri bo‘lgan elektr stansiyasining qurilishi 1960 yilda boshlangan va 25 ming kVt quvvatga ega stansiyaning birinchi agregati 1963 yil fevral oyida tarmoqqa ulangan.

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi PQ-4249-sonli “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati qayta tashkil etilishi bilan ta’sis etilgan “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi tashkilot hisoblanadi.

Stansiya tarkibiga 15 ta sex, 19 ta bo‘lim, 2 ta xizmat kiradi.

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021 yilda 11,7 mln. kVt.soat elektr energiyasi va 1,3 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi.

Stansiya tomonidan 2022 yilda 10,8 mln. kVt.soat elektr energiyasi hamda 1,02 ming. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

2022 yilning 5 oylik yakunlariga ko‘ra, “Navoiy IES” AJ tomonidan 4,9 mln. kVt.soat elektr energiyasi va 604.5 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi.