Yangi texnologik qurilmalar

Navoiy IES AJ da 478 MVt lik bug’-gaz qurilmasi (BGQ) 2012- yildan buyon ishlab kelmoqda.

BGQ to’liq avtomatlashtirilgan bo’lib, eng taniqli firmalarning qurilmalari o’rnatilgan. Bularga GE FONUC, Mitsubishi, Siemens, Allen Bradley, ABB, Honeywell, Auma va boshqa kompaniyalarning uskunalari misol bo’ladi.

ABB,Siemens va MHI kompaniyalarining mikroprosessorlari butun dunyo ishlab chiqarish jarayonida eng ko’p qo’llaniladi. Mikroprosessorlarga dastur orqali kiritiladigan har qanday o’zgarishlarni onlayn holatda, ya’ni ishlab turgan qurilmani o’chirmasdan va jarayonga ta’sir qilmasdan turib yuklash mumkin.

BGQ bir tekis va barqaror ishlashi stansiya hodimlari, operatorlar, mashinistlarga bog’liq. Yuqorida aytib o’tilgan firmalarning qurilmalari esa ularning ishini ancha yengillashtiradi va ishlab chiqarish jarayonida inson tomonidan bilib-bilmay qilinadigan xatolardan himoyalaydi.

Bugungi kunda energotizim bo’yicha bir nechta viloyatlarda bunday BGQ lardan bir nechtasining qurilishi davom etmoqda.

BGQ si dasturchi muhandisi Latif Hasanov

Комментарии закрыты