Ma’lumki, kuz-qish mavsumi boshqa davrlarga nisbatan fuqarolarning isitish moslamalariga bo’lgan ehtiyojining ortishi natijasida yong’in xavfining yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabriga qadar respublika miqyosida “Yong’in xavfsizligi oyligi” o’tkaziladi.
Ushbu tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad –iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini, shuningdek, uy-joy fondini yong’in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish hamda o’ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong’in va portlash xavfi yuqori bo’lgan ob’ektlarda yong’in xavfsizligini mustahkamlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
2015 yil 13-noyabrda “Yong’in Xavfsizligi” oyligini namunali o’tkazish to’g’risida № 529-sonli stansiya buyrug’i chiqarildi. Ushbu buyruqda “Yong’in Xavfsizligi” oylik ko’rigini o’tkazish markaziy hay’ati a’zolari tayinlandi. Markaziy hay’at 18 banddan iborat ish dasturi ishlab chiqdi. Stansiyada “Yong’in Xavfsizligi” oylik ko’rigini na’munali o’tkazish maqsadida stantsiyaning 1 va 2 sonli o’tish joyilarida, elektrolaborotoriya binosi hamda barcha tsex va bo’limlar binolarida, doimiy ish joylarida “Yong’in Xavfsizligi” oyligi o’tkazish to’g’risida e’lonlar yozib qo’yildi. Joylarda “Yong’in Xavfsizligi” oylik ko’rigini o’tkazish bo’yicha Pannolar, har-xil chaqiriqlar, devoriy gazetalar, yong’in xavfsizligi burchaklari, yong’in xavfsizligi stendlari, ishchi xodimlar bilan yig’ilishlar, suhbatlar, ma’ruzalar, hamda seminarlar o’tkazildi.
Umumiy sumasi 6 310 900 sum miqdorida OP-10, OP-5 rusumli va OU-10 rusumli yong’in o’chirgichlar qayta quvvatlantirildi, 18 239 000 so’mga 52-dona 51mm yong’in o’chirish yenglari ,8 806 000so’mga OU-5 rusumli yong’in o’chirish vositasi xarid qilindi.
3- XYoXQ inspektorlari bilan hamkorlikda markaziy hay’at a’zolari tekshiruvlar olib bormoqda. Tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
“Yong’in Xavfsizligi” oylik ko’rigi davrida mashinalar zallarida o’rnatilgan yong’in o’chirish postlari ta’mirlanib birlamchi yong’in o’chirish vositalari bilan ta’minlandi.
Stansiya markaziy hayati a’zolari 3- XYoXQ xodimlari bilan hamkorlikda bir necha marotoba ish joylarida tekshirishlar o’tkazdi. Aniqlangan xato va kamchiliklar joyida bartaraf etildi.
Hurmatli hamkasblar “Yong’in Xavfsizligi” oyligi ko’rigiga faol ishtirok etaylik, zero maqsadimiz ishlab chiqarish ob’ektlari hamda aholi yashash xonadonlarini yong’in xavfsizligini ishonchli ta’minlanishiga erishishdan iborat.
“Navoiy IES” AJ Yong’in xavfsizligi muhandisi I.Qaraev