Loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha e'lon
"Navoiy IES" AJ “Stansiya sanoat maydoni kadastr kitobidagi 0098, 158, 162, 163, 0100-litrdа ko‘rsatilgan binolarni kapital ta’mirlash hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlarini kiritgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-ta’mirlash ishlarini pudrat usulida bajarish” ishlari bo‘yicha tashkilotlardan tijorat takliflari qabul qilinadi.
Tijorat takliflarida quyidagilar ko‘rsatib o‘tilishi shart:
1. Tovar (xizmat) narxi (QQS, majburiy soliq va yig‘imlar bo‘yicha ma'lumotlar)
2. Bajarish muddati;
3. To‘lov turi.
Tijorat takliflari 2026-yil 24-aprelga qadar qabul qilinadi.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha quyidagi raqam bilan bog‘lanishingiz mumkin: +998 93 664 83 43.
Tijorat takliflari info@nies.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.