Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda https://nies.uz veb-saytiga havola qilish majburiy.

Veb-sayt sinov versiyasida ishlamoqda
logo

Axborot so‘rash tartibi

So‘rov shakli:

"Navoiy issiqlik elektr stansiyasi" AJ faoliyatiga oid ma’lumot, sharh yoki rahbariyat bilan intervyu, shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni so‘rash uchun tahririyat blankida rahbar (bosh muharrir, bo‘lim muharriri) tomonidan imzolangan xat tayyorlash kerak.

Bosh direktor yoki uning o‘rinbosarlaridan intervyu olish to‘g‘risidagi so‘rovlar matbuot xizmati rahbari - Bosh direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi nomiga yo‘llanadi.

So‘rov mazmuni:

Xatda quyidagilar aks etishi lozim: so‘rov mazmuni, savollarning to‘liq ro‘yxati, muddati, tahririyatning aloqa ma’lumotlari va muxbirning koordinatlari.

So‘rovlar elektron pochta yoki pochta manzili orqali qabul qilinadi.

So‘rovlarga javoblar O‘zbekiston Respublikasining "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq taqdim etiladi.