“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ matbuot xizmati vazifalari
- “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ faoliyati yuzasidan ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayt, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish.
- “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;
- axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Kontent markazi bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;
- muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;
- axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
- mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
- “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ rahbariyatiga axborot berib borish;
- “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;
- “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;
- “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.