OTQ 110-220 kVli DZSH (shinalarining differensial himoyasi) sezuvchanligi uchun energiya bloklarining maksimal va minimal ish rejimlarini hisoblash ishlari bo‘yicha e'lon
Navoiy IES» AJning 3-sonli PGU (bug‘-gaz qurilmasi) qurilishi va 110 kVli ORU (ochiq taqsimlash qurilmasi)ni rekonstruksiya qilish investisiya loyihalarini amalga oshirish doirasida; shinalar tizimidagi qisqa tutashuvlarda rele himoyasining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda 110-220 kVli DZSH (shinalarining differensial himoyasi) sezuvchanligi uchun energiya bloklarining maksimal va minimal ish rejimlarini hisoblash maqsadida korxona va tashkilotlardan tijorat takliflari qabul qilinadi.
Tijorat takliflarida quyidagilar ko‘rsatib o‘tilishi shart:
1. Tovar (xizmat) narxi (QQS, majburiy soliq va yig‘imlar bo‘yicha ma'lumotlar)
2. Bajarish muddati;
3. To‘lov turi.
Tijorat takliflari 2026-yil 20-aprelga qadar qabul qilinadi.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha quyidagi raqam bilan bog‘lanishingiz mumkin: +998 93 950 00 40.
Tijorat takliflari info@nies.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.