Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda https://nies.uz veb-saytiga havola qilish majburiy.

Veb-sayt sinov versiyasida ishlamoqda
logo

Bizning missiya

 Bizning missiyamiz – elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning to‘la qondirilishini ta’minlashdir. 

Bizning missiyamiz, kompaniyaning mamlakat iqtisodiyotining energetika sektoridagi muhim rolini ta’kidlagan holda, uning faoliyati maqsadi va mazmunini belgilab beradi. Kompaniyaning missiyasi – kompaniyaning eng yaxshi energiya kompaniyalaridan biriga aylanishini ko‘zda tutuvchi faoliyatimizning ulug‘vor maqsadini belgilab beradi va shundan kelib chiqqan holda uning xodimlari kompaniya uchun qanchalik qadrli ekanligi, ularning shaxsiy va professional maqsadlarini ro‘yobga chiqarmasdan turib, kompaniya maqsadlarini amalga oshirish mumkin emasligini ta’kidlaydi.

Kompaniya asosiy missiyasining bajarilishini ta’minlash maqsadida:

Biz doimo hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarda ishonchlilik, oshkoralik va ochiqlikni ta’minlashga e’tibor qaratadigan hamda ishlab chiqarish-xo‘jalik, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatimizning operativ masalalarini hal qilish uchun konstruktiv muloqotga doimo tayyor bo‘lgan kompaniya bo‘lishga intilamiz.

1EwSTE2rVAqn2ekGkiAQKqrg8Cl0FCRy.jpg

Biz har tomonlama yuksalish va barcha ishtirokchilar uchun raqobat muhitini shakllantirishga asoslangan ishlab chiqarish jarayonining barqaror va samarali ishlashi uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha ish olib boramiz.

Mk208T574s15KbtaYgdVh6C21QcKEr2a.jpg

Biz o‘z faoliyatimizni xalqaro tajribani chuqur o‘rganish asosida, mamlakatimizda mavjud bo‘lgan imkoniyatlar (tabiiy-iqlimiy, moliyaviy-iqtisodiy, texnik-texnologik, investitsiyaviy, ma’muriy va inson resurslari) bilan uyg‘un holda tashkil qilamiz.
 

WEekIA2hJgCegxx5aXhMXCgCvfM8D3Z3.jpg

Biz energetika sohasidagi korxonalarning energiya tejamkor texnologiyalarga asoslangan ekologik xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali ishlab chiqarishni ta’minlaydigan hamda kompaniyalarning investitsion jozibadorligini oshiradigan innovatsion rivojlanishga erishishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

fJP2tLUsC0jCfJbiKq0xqcKDZlN2jgdq.jpg

Biz aksiyadorlar o‘rtasida umume’tirof etilgan korporativ munosabatlarni joriy etish va shakllantirish, barcha aksiyadorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash va investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratish tarafdorimiz.

YraMJiVoAtjokkUhuimKzIJL6sDxdA1P.jpg

Biz xodimlarimizning kasb mahorati, halolligi, odobliligi va ishchanligini yuqori baholaymiz, bizning vazifamiz - normal mehnat sharoitlarini yaratish, kompaniyaning yanada yuksalishiga munosib hissa qo‘shishga intilayotgan har bir xodimning kasbiy va lavozimining o‘sishiga sharoit yaratishdir.

CUmoIqwl72M2lipvnv7VvpQnAgrMxrzG.jpg

Biz davlat ijtimoiy siyosatini shakllantirish va rivojlantirishda faol ishtirok etamiz, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab -quvvatlaymiz, ijtimoiy barqarorlik, mamlakat farovonligi va taraqqiyotiga ko‘maklashadigan barcha choralarni ko‘ramiz.

oErlQjDtG9Yj6nwLfv30dnT1Zmo68PRj.jpg

Belgilangan yuksak maqsadlarga umumiy qadriyatlar tizimi birlashtirgan hamfikr xodimlar jamoasi bilan erishiladi. Biz o‘z ishimiz bilan energiya resurslarining samaradorligini ta’minlaymiz va o‘z vatanimizni kelajak avlodlar uchun saqlaymiz.

3EBu1y0a7lwdQ3YF22OmfICd0lpfu1Zo.jpg