Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda https://nies.uz veb-saytiga havola qilish majburiy.

Veb-sayt sinov versiyasida ishlamoqda
logo

Rivojlanish strategiyasi

RIVOJLANISH STRATEGIYASI

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining 2022-2030-yilgacha rivojlanish strategiyasi

O‘zbekiston Respublikasida energiya samaradorligining oshishi, elektr energiyasi sohasining investitsiyaviy va iqtisodiy jozibadorligi o‘sishi, elektr energiyasi bilan aholi, iqtisodiyotning real sektori, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz ta’minlash borasidagi islohotlar mamlakatimizning jahon miqyosidagi geosiyosiy mavqeiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Mamlakatimiz elektr energiyasi sohasini kompleks tahlil qilish, shu asosida sohadagi korxonalarni korporativ boshqarish, iqtisodiy sog‘lomlashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy soha obyektlarini isloh qilish va energetik rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish sohasida amaliy tajribaga ega bo‘lgan xalqaro konsalting kompaniyalari va tashqi ekspertlar jalb etilmoqda.
 

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ (bundan buyon – Jamiyat) faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilanmoqda:

birinchidan, zamonaviy xalqaro standartlarni tadbiq etish yo‘li bilan Jamiyat korporativ boshqaruvini takomillashtirish; 

ikkinchidan, iqtisodiy siyosatni liberallashtirish sharoitlarida sohaning barqaror rivojlanishi, Jamiyat rentabelligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash; 

uchinchidan, Jamiyat faoliyatining barcha yo‘nalishlarida avtomatlashtirish va raqamlashtirish darajasini oshirish; 

to‘rtinchidan, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish sohasida korporativ boshqaruvning ilg‘or vositalarini amaliyotga tadbiq etish; 

beshinchidan, ilg‘or, innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalar asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo‘li bilan sohaning kadrlar salohiyatini mustahkamlash;

oltinchidan, ichki bozorning samarali ishlashi uchun yangi energetika obyektlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali elektr energiyasini hisobga olish tizimi va dispetcherlik boshqaruvini takomillashtirish;

yettinchidan, energiya tejamkor texnologiyalar asosida texnologik jarayonning barcha bosqichlarida energiya samaradorligini oshirish va undan oqilona foydalanish hamda ishlab chiqarish quvvatini optimallashtirish;

sakkizinchidan, davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida investitsiya loyihalari mexanizmlarini yaratish; 

to‘qqizinchidan, uzoq muddatli, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay huquqiy va ma’muriy investitsiya muhitini va elektr energiyasi ulgurji bozorini yaratish.
 

Business-Strategy.jpg

Xususan, mazkur strategiya Jamiyat tuzilmasiga kiruvchi korxonalar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil va tashxis asosida elektr energiyasi sohasidagi o‘sish dinamikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qator muammoli nuqtalarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, bulardan:

-ma’naviy jihatdan eskirgan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi quvvatlar va texnologik tizimlarni modernizatsiya qilish;

-kadrlar salohiyatini baholash me’zonlari, shuningdek, korporativ boshqaruv va ishlab chiqarishning butun vertikali bo‘yicha mutaxassislarni joylashtirish darajasini oshirish;

-strategik tahlil, rejalashtirish va istiqbolni belgilashning zamonaviy usullaridan foydalanish; 

-xavfni boshqarish tizimini takomillashtirish va avtomatlashtirilgan tizimlar, shuningdek, raqamli platformalarni yetarli darajada joriy etish;

-joylarda axborot va kiber xavfsizlik vositalari zarur tizimini yaratish;

-ASUTP, ASKUE va ASKUG tizimlaridan olinadigan ma’lumotlar bilan ishlashning markazlashgan yagona tizimini yanada rivojlantirish; 

-ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish va hisobga olish ustidan samarali nazoratni kuchaytirish; 

-aholi, iqtisodiyot real sektori va ijtimoiy soha obyektlari ehtiyojlarining ortishi hisobiga vujudga kelgan tabiiy gazga bo‘lgan talabning ortishi oqibatida shartli yoqilg‘idan (gaz, mazut) oqilona foydalanish; 

-ishlab chiqarish jarayoni, shu jumladan, ombor hisob-kitobi, xaridlar va logistika taomillarini avtomatlashtirilgan tarzda rejalashtirish va kuzatib borish tizimini mukammallashtirish.