“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati
O‘zbekiston o‘z energetik resurslari hisobidan ehtiyojlarini to‘liq ta’minlovchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarining salmoqli hissasi mamlakatimizga tegishlidir.
Elektr energetika tarmog‘ining ishonchli faoliyat yuritishini ta’minlamasdan turib, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarining sanoat salohiyatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish va hayot sifatini yaxshilashga erishib bo‘lmaydi.
Zamonaviy sharoitlarda elektr energetika tarmog‘ida raqobat muhitini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasidagi faoliyatning institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda elektr energiyani ishlab chiqarish, yetkazish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy uslublariga muvofiq, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati “Smart integrity M E” ishonchli boshqaruviga berildi.

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish vazifasini amalga oshirib, mamlakat iqtisodiyoti va aholisining ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlash maqsadida belgilangan miqdorda elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishini ta’minlaydi.
2025-yilda 8 706,6 mln. kVt.soat elektr energiyasi hamda 883,4 ming Gkal. issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi.

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimdagi barcha sex va uchastkalarni tizimli ravishda zamonaviy energotejamkor uskunalar va qurilmalar asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsion loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu ishlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi iste’molchilarni sifatli va uzluksiz elektr va issiqlik energiyasi bilan muntazam ta’minlashning muhim kafolati bo‘lib hisoblanadi.