Navoiyda "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi
21.05.2026
131
Aholi bandligi bugungi kunda dolzarb masalalar qatoridan o‘rin olgan. Ayniqsa, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarning bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Navoiy davlat universitetida bo‘lib o‘tgan "Karyera kuni" mehnat yarmarkasida Navoiy issiqlik elektr stansiyasi vakillari ham ishtirok etdilar.
Yarmarkada korxonada hamda yangi loyiha qurilishi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.
Bitiruvchi talabalar viloyatdagi korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlariga yuqori qiziqish bildirdilar.