Kuch va nazorat kabellarini yong‘inga qarshi qoplamalar bilan ishlov berish ishlarini bajarish bo‘yicha e'lon
"Navoiy IES" AJ stansiyadagi energobloklarning kabel tunnellari, yarim qavatlari va shaxtalaridagi kuch va nazorat kabellarini yong‘inga qarshi qoplamalar bilan ishlov berish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan amalga oshirish uchun ushbu ishlarni bajarish uchun maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlardan tijorat takliflari qabul qilinadi.
Tijorat takliflarida quyidagilar ko‘rsatib o‘tilishi shart:
1. Tovar (xizmat) narxi (QQS, majburiy soliq va yig‘imlar bo‘yicha ma'lumotlar)
2. Bajarish muddati;
3. To‘lov turi.
Tijorat takliflari 2026-yil 7-avgustga qadar qabul qilinadi.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha quyidagi raqam bilan bog‘lanishingiz mumkin: +998 99 360 00 10.
Tijorat takliflari info@nies.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.