Loyiha-sarhisob hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini bajarish bo'yicha tanlov
"Navoiy IES" AJning 2026-yil bino va inshootlarni ta'mirlash rejasiga muvofiq quyidagi obyektlarda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini bajarish bo'yicha tanlov e'lon qilinadi:
Bosh korpus 3–9-blok mashinalar zalining avariya holatidagi qurilish konstruksiyalarini mustahkamlash va joriy ta'mirlash;
Bosh korpus 1–9-blok mashinalar zalining A va B qatorlari bo'yicha +9,00 m belgisida joylashgan kran osti yo'llarining loyiha holatidan og'ishlarini bartaraf etish (to'g'rilash) hamda joriy ta'mirlash.
Ijrochi tashkilot quyidagi ishlarni bajarishi shart:
obyektlarni joyiga chiqib texnik ko'rikdan o'tkazish;
amaldagi QMQ (ShNK), texnik reglamentlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
loyiha hujjatlarini davlat ekspertizasidan o'tkazish va ijobiy ekspertiza xulosasini olish;
ekspertiza jarayonida aniqlangan kamchiliklarni o'z mablag'lari hisobidan bartaraf etish;
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilish-montaj ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish;
bajarilgan ishlarni belgilangan tartibda Buyurtmachiga topshirish.
Takliflar va murojaatlar 2026-yil 10-iyulga qadar qabul qilinadi.
Savollar va qo’shimcha ma’lumot olish bo‘yicha quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: Tel:+998936648343
Tijorat takliflari Navoiy viloyati, Karmana tumani,Uyrot MFY, Uyrot ko’chasi-300 orqali yoki info@nies.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.