Tarif bo‘yicha e'lon!
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralaro tarif komissiyaning 2026-yil 15-iyuldagi 37-son bayoniga asosan, “Navoiy issiqlik elektr stantsiyalari” AJ ning 1 kVt.soat elektr energiyasi uchun ishlab chiqarish narx (tarif)lari belgilandi.
Mazkur bayonning ilovasiga asosan:
“Oʻzenergosotish” AJ uchun 1 kVt.soat elektr energiyasi QQS hisobga olingan holda 887,0 soʻm etib belgilandi.
“Navoiyazot” AJ uchun 1 kVt.soat elektr energiyasi QQS hisobga olingan holda 832,0 soʻm etib belgilandi.
Mazkur bayonning ilovaga muvofiq tasdiqlangan narx (tarif)lar 2026-yil 1-avgust kunidan kuchga kiritilishini ma’lum qilamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralaro tarif komissiyaning 2025-yil 31-oktyabrdagi 29-son bayoni o’z kuchini yuqotgan.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralaro tarif komissiyaning 2026-yil 15-iyuldagi 37-son bayoni.
Ushbu ichki tarmoq tariflari aholi uchun taaluqli emas.